Features Musulmonning odob kitobi
Har qanday farzand ma’lum bir muhitda, ma’lum bir oilada dunyoga keladi.
Uning kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan e’tiqodiy, axloqiy tarbiyaga bog’liqdir.
Farzandlarga odob berish eng avvalo oiladan boshlanadi.
Ma’nan yuksak, go’zal xulqqa ega ota onalarning farzandlari ham odobli bo’ladi.
Bu go’zal xulq, boshqalarning havasini keltiradigan odob axloq inson ko’rki sanaladi.
Go’zal xulq to’g’ri tarbiyaga daxldordir.
Ota ona farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning, ma’rifat bilan jaholatning, saxovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira bilishi va har vaqt ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi.
Darvoqe, ota onalar farzandlari uchun bu ezgu amallar uchun mezono’lchovni qayerdan oladi?
Bu albatta muhim bir savol.
Javobi esa musulmonlar uchun juda ham oson.
Faqat unga amal qilish qoladi.
Bu birinchi navbatda Alloh taoloning kitobi Qur’oni karimda bayon etilgan hukmlar.
Odobni to’g’ri shakllangirish uchun eng muhim mezon shu.
Ikkinchidan Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislari insonning ma’nan yuksalishi, ezgulikka intilishi, halolni haromdan farqlay bilishi, inson o’z hayotining mazmunmohiyatini anglab olishi uchun nihoyatda muhimdir.Zohidjon Islomov,filologiya fanlari doktori, professorMUSULMONNINGODOBI KITOBI
Secure & Private
Your data is protected with industry-leading security protocols.
24/7 Support
Our dedicated support team is always ready to help you.
Personalization
Customize the app to match your preferences and workflow.
See the Musulmonning odob kitobi in Action
Get the App Today
Available for Android 8.0 and above